Yanvar so‘nggida O‘zbekistonning ikki viloyatida yomg‘ir yog‘ishi aytildi

Bu qiziq

image
0:00
0:00
download

Prognozlarga ko‘ra, joriy yilning 31 yanvar kuni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oy oxirigacha havo harorati asta-sekin ko‘tarilib boradi. Fevral oyi boshlarida g‘arbiy havo oqimlari kirib keladi. Joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi maksimum darajaga yaqinlashadi.

Joriy yilning 30 yanvaridan boshlab respublikaning katta qismida tunlari havo harorati “plyus” iliq daraja harorat kuzatiladi. Vodiy va respublikaning shimoliy viloyatlarida tungi harorat 3-8 daraja sovuq atrofida saqlanib qoladi.

Oyning so‘nggi kunida respublikaning Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida 15-20 m/s tezlikka ega kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing