Yanvar oyida O‘zbekistonning importi va eksportida bir davlat yetakchi bo‘ldi
Jamiyat
−
24 fevral 2021
5332Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonning import va eksportdagi ulushida Xitoy Xalq Respublikasi yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Xitoy – 147,0 mln;
- Rossiya – 110,2 mln;
- Turkiya – 106,5 mln;
- Qozog‘iston – 63,6 mln;
- Afg‘oniston – 58,1 mln;
- Qirg‘iz R. – 41,5 mln;
- Tojikiston – 26,3 mln;
- Turkmaniston – 23,5 mln;
- Kanada – 19,1 mln;
- Eron – 7,7 mln AQSH dollari.
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
- Xitoy – 337,2 mln;
- Rossiya – 319,5 mln;
- Qozog‘iston – 204,9 mln;
- Turkiya – 106,1 mln;
- Fransiya – 78,4 mln;
- Koreya – 70,1 mln;
- Litva – 45,3 mln;
- Germaniya – 42,2 mln;
- Hindiston – 41,8 mln;
- Braziliya – 30 mln. AQSH dollari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 5 oydan beri oltin eksport qilmayotgani ma’lum bo‘lgandi.
LiveBarchasi