Yangiyo‘lda haydovchi yo‘lda yotgan piyodani bosib ketdi

3-sahifa

image

Yangiyo‘lda 20 yashar haydovchi Nexia rusumli avtomobilida piyodani bosib ketdi va yashirinishga urundi. Yo‘l-transport hodisasida jarohat olgan piyoda vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, YTH joriy yilning 7 iyun kuni soat 22:50 atrofida Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Yangiyo‘l shahar hudidan o‘tgan 25-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lda yotgan 36 yoshli piyodani bosib ketgan. 

Ushbu hodisa sodir etilgandan so‘ng, haydovchi qochib ketgan, jabrlanuvchi esa voqea joyida vafot etgan. 

Olib borilgan surishtiruv jarayonlariga ko‘ra, YTHni 20 yoshli Yangiyo‘l tumanida yashovchi A. ismli shaxs sodir etgani aniqlangan.

Haydovchining ta’kidlashicha, u svetoforga yaqinlashib kelayotganida, yashil chiroq yongan. Oq Spark o‘tib ketgan. U yo‘lida nima borligini ko‘rmagan va mashina nimaningdir ustidan o‘tganini payqagan. Avtomobildan tushib qaraganda, kimningdir baqirgan ovozini eshitgan va qo‘rqib qochib ketgan. Hodisa joyiga qaytganida, yo‘lovchi vafot etganini ko‘rib, yana ortiga qaytgan.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing