Yangilangan ROG Zephyrus G16: o‘yinlardan to bitta klikdan boshlanadigan ijodgacha
Biznes
−
07 iyun
2893Yangi ROG Zephyrus G16 o‘yin o‘ynash uchun har doim shay turadigan noutbukka ega bo‘lish haqida qayg‘uradigan har qanday kontent yaratuvchisining orzusidir. Ajoyib OLED displey va zamonaviy ixcham shakl, yuqori unumdorlik va eng yangi komponentlar ushbu noutbukni xarid qilish uchun asosiy sabablardan biridir.
Ushbu zamonaviy noutbukdan ham o‘yinlar uchun, ham professional maqsadlar uchun osongina foydalanish mumkin. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, ROG Zephyrus G16`ni o‘yinlar uchun deyish qiyin, lekin shu bilan birga uning yangi dizayni geymercha noutbuk ko‘rinishidan ixchamroq qurilma ko‘rinishiga moslashtirilgan.
OLED displey bilan ijodkorlikning yangi o‘lchamlarini ochish
OLED displeyli noutbukka qaragan foydalanuvchi har doim yoqimli tuyg‘ularni his qiladi. Nebula standartiga muvofiq Zephyrus G16`ning 16 dyuymli OLED displeyi bundan mustasno emas. U haqiqiy qora rangni (Display HDR True Black 500) ko‘rsatishga qodir, ya’ni barcha ranglar nisbatan yorqinroq va aniqroq ko‘rinadi. O‘yinlarda bu xira yoritilgan sahnalarda kichik detallarni to‘liq ajratib olishga, ijod qilayotganda esa ranglarning to‘liq chuqurligini aks ettirishga yordam beradi.
Samsung bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 240 Gs chastotali G-Sync displey ASUS noutbukidagi birinchi bunday turdagi displeydir. U ROG Nebula HDR texnologiyasini o‘ta aniq tasvirlar va ajoyib ranglar dinamikasi bilan birlashtirib, misli ko‘rilmagan hislarni beradi.
Noutbukda kontent yaratuvchilarni, shubhasiz, “o‘ziga rom etadigan” jihat bu 16:10 tomonlar nisbati, Pantone Validated sertifikati, 100% DCI-P3 rang qamrovi va Dolby Vision texnologiyasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridir. Ya’ni, foydalanuvchi kattalashtirilgan “varaq” va statik hamda dinamik tasvirlarda ranglarning ajoyib ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
O‘yin kuchining evolyutsiyasi
ROG Zephyrus G16 – bu ROG oilasidan yangi Intel Core Ultra 9 185H protsessori, ya’ni Meteor Lake bilan birga chiqarilgan birinchi o‘yin noutbuki. Yangi Core Ultra protsessorlari noyobdir, chunki ularda Neuron Processing Unit (NPU) texnologiyasi mavjud. Ushbu NPU`lar yanada samarali va unumdor ishlash uchun CPU va GPU`dan yukning bir qismini olib tashlashga qodir. G16 da NPU grafik kartadagi yukni kamaytiradi, natijada o‘yinlarda ham, ijodiy ilovalarda ham tizim tezroq ishlaydi.
Zephyrus G16`da GPU, xuddi ROG oilasining yangi mujassamlanishidan kutilganidek, eng so‘nggi NVIDIA GeForce RTX 40 seriyasiga ega bo‘ldi. Maksimal konfiguratsiyada bu noutbuklar uchun 4090 ni tashkil qiladi. Bu shuni anglatadiki, GPU qo‘shimcha samaradorlikni oshirish uchun juda ko‘p eksklyuziv texnologiyalarga ega. Bularga NVIDIA Advanced Optimus texnologiyasi, DLSS 3, nurlar trassirovkasi va Max-Q bilan birlashtirilgan displey multipleksorlari kiradi.
Sovitish tizimiga innovatsion yondashuv
ROG Zephyrus G16 ta’sirchan ROG Intelligent Cooling`ga ega innovatsion noutbukdir. Ikkita sovitkich, uchta Gen 2 Arc Flow ventilyatorlari, Thermal Grizzly LSD termal interfeysi va bug‘li kamera kombinatsiyasi (RTX 4080 va RTX 4090 uchun) kuchli ish yuki sharoitida ham barqaror ishlashni ta’minlaydigan samarali sovitish tizimini tashkil qiladi.
Va yengil ish yuki bilan ishlaganda, Zephyrus G16 mutlaqo sokin rejimda ishlashga qodir. Bunday holatlar uchun noutbukda Ambient Cooling 0 dB texnologiyasi mavjud bo‘lib, u shovqin darajasini deyarli nolga tushiradi. Bu issiqlikni passiv ravishda tarqatish maqsadida barcha ventilyatorlarning o‘chirilishi orqali sodir bo‘ladi.
Yangi korpusning nafisligi va qulayligi
ROG Zephyrus G16 yumshoq yumaloq burchaklar va ultra yupqa dizaynli yuqori sifatdagi alyuminiy korpusga ega. Ko‘rinishdagi asosiy o‘zgarish – qopqoqdagi LED matritsasi dizayni o‘tmishda qoldirilgani bo‘ldi. Uning o‘rniga o‘yin uchun kichik ma’lumot beruvchi nafis “kumush diagonal” o‘rnatildi. Ushbu mini LED tasma – Slash Light – xabarnoma ko‘rsatkichining bir turi hisoblanadi. Bundan tashqari, Armoury Crate ilovasida uning ekrani va animatsiyasini sozlash mumkin.
G16’ning dastlab o‘yinlar uchun deb e’lon qilinganiga qaramay, noutbuk jozibali ijodiy uslub estetikasini saqlab qolgan. Ishlab chiqaruvchi foydalanuvchilarga ikkita rang variantini taklif qiladi: Eclipse Grey va Platinum White. Foydalanuvchilarga barmoq izlarini juda yaxshi yashiradigan korpus materiali juda manzur bo‘ladi.
Butun Zephyrus liniyasi singari, 2024 yilgi G16 ham ROG oilasidagi eng yengil va ixcham o‘yin noutbuklaridan biridir. Chunki, yangi mahsulotning qalinligi atigi 1,49 sm va og‘irligi 2 kg dan kam.
Ishlab chiqaruvchi ROG Zephyrus G16`ni qo‘shimcha qurilmalarni ulash imkoniyatidan mahrum qilmadi. Foydalanuvchi HDMI 2.1 portlari, USB-C Thunderbolt 4, ikkita USB-A 3.2 Gen 2, USB-S 3.2 Gen 2, microSD uyasi va quloqchinlar uchun portga ega bo‘ladi. Ya’ni, simsiz sichqonchani, o‘yinda eshitish uchun garniturani, grafik planshetni, monitorni ulash mumkin va qo‘shimcha portlar yetishmasligiga duch kelinmaydi.
ROG Zephyrus G16 haqida qo‘shimcha ma’lumotni ushbu havoladan topish mumkin.
ROG Zephyrus G16`ni O‘zbekistondagi elektronika do‘konlarida, shuningdek, ASUS`ning rasmiy hamkori: upg.uz`dan xarid qilish mumkin.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi