Yangilangan rekord va oshgan o‘limlar soni: O‘zbekistonda COVID-19 tarqalishi yana tezlashmoqda
Jamiyat
−
18 aprel 2021
17691O‘zbekistonda kecha, 17 aprel kuni koronavirusdan kasallanish bo‘yicha 342 ta holat qayd etildi. 109 nafar bemor o‘ta og‘ir ahvolda, 2 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqdash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 17 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 342 nafarga ko‘payib, 86 680 kishini tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
- 3 nafari Andijon viloyatida;
- 10 nafari Buxoro viloyatida;
- 8 nafari Jizzax viloyatida;
- 2 nafari Navoiy viloyatida;
- 3 nafari Namangan viloyatida;
- 29 nafari Samarqand viloyatida;
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida;
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
- 4 nafari Farg‘ona viloyatida;
- 1 nafari Xorazm viloyatida;
- 50 nafari Toshkent viloyatida;
- 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar;
- Buxoro viloyatida 8 nafar;
- Namangan viloyatida 5 nafar;
- Samarqand viloyatida 22 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
- Toshkent viloyatida 37 nafar;
- Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84043 (+205) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 638 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 109 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi