Yangibozorga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
14:57 2262 1 daqiqa
Xorazm viloyatining Yangibozor tumaniga Alisher Masharipov Sharifboyevich hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Alisher Masharipov xalq deputatlari Yangibozor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Yangibozor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan.
U bunga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumaniga Ruslan Jumaniyazov Rustamovich hokim etib tayinlangandi. Bunga qadar u Yangibozor tumani hokimi lavozimida faoliyat olib borgan.
Live
Barchasi