Yangibozor tumani hokimi lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
15 fevral 2023
12132Xorazm viloyatining Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qurbonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘ktamboy Qurbonov Yangibozor tumaniga hokim bo‘lishidan avval Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yurgan.
2021 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda Qurbonovning fermerlarni haqorat qilgani yozilgan audio tarqalgandi. Audioda hokimning bajarilmagan ishlarni qog‘ozda “bajarildi” deb ko‘rsatib kelgani aytilgan.
“O-o-o tovuq miya, nimaga chaqirganimda yonimga kelmading, nimaga chaqirgan edim seni? Bug‘doy qani? Bajarmasang... (haqorat qilgan – tahr.) Bajarmaganingni bajartirib, bo‘ynimga olib turibman. Hezalaklar! Men bo‘ynimga olib, 105 foiz qilinglar, dedim. Yaxshi gapni tushunmaydigan to‘ng‘iz. Nima qilish kerak ishlashlaring uchun, ayt nima kerak?”, degan Qurbonov.
LiveBarchasi