Yangi Zelandiya Rossiyaning o‘nlab tadbirkorlari va amaldorlariga sanksiyalar kiritdi
Olam
−
11 Oktabr 2022 1856 2 daqiqa
Yangi Zelandiya hukumati 51 nafar rossiyalik tadbirkor va Rossiya Federatsiyasining tan olinmagan hududlarining 24 nafar davlat xizmatchisiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda “New Zealand Herald” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, "qora ro‘yxat"dagi tadbirkorlar orasida “Evraz” metallurgiya va tog‘-kon kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Aleksandr Abramov ham bor. Uning oila a’zolari ham cheklov ta’siriga tushgan.
Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, ertaga, 12 oktyabr kuni kuchga kiradigan sanksiyalar ichida “Gazprombank” boshqaruvi raisi Andrey Akimov ham bor. Shuningdek, “Lukoyl” OAJ boshqaruvi raisi va ta’sischi Vagit Alekperov, "Gazprom neft" bosh direktori, boshqaruv raisi Aleksandr Dyukov, “Sistema” Aksiyadorlik moliya korporatsiyasi direktorlar kengashining sobiq raisi Vladimir Yevtushenkov, “Interros” bosh direktori, “Norilskiy nikel” kompaniyasi boshqaruvi raisi Vladimir Potanin, “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev va boshqa tadbirkorlar sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatga Ukrainaning bosib olingan Xerson viloyatining okkupatsion hukumati Bosh vazirining o‘rinbosari Vladimir Bespalov, Zaporoje viloyati hukumati rahbari Anton Kolsov va ushbu viloyatlardan bir qator boshqa rasmiylar ham kiritilgan. Shu bilan birga, tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Solnsev va Lugansk xalq respublikasidan bir qancha amaldorlar ham bor.
Deyarli barcha ro‘yxatdagi shaxslar Yangi Zelandiyaga tashrif buyurishi, ularning samolyotlarining mamlakat havo hududiga kirishi va kemalarining portlarga kirishi taqiqlanadi. Ular ushbu xizmatlardan foydalana olmaydi, aktivlari muzlatiladi. Shu bilan birga, Abramov uchun aktivlar va xizmatlar bo‘yicha istisnolar mavjud.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr