Yangi Zelandiya Rossiya va Belarusning 44 ta kompanyasini “qora ro‘yxat”ga kiritdi

Olam

image

Yangi Zelandiya Rossiya va Belarusning 40 dan ortiq kompaniyasiga, jumladan, "Gazprom" transmilliy korporatsiyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda bugun, 7 iyun kuni mamlakat hukumati xabar berdi.

Yangi Zelandiya Tashqi ishlar vaziri Nanaya Maxutaning so‘zlariga ko‘ra, navbatdagi sanksiyalar paketi 44 ta korxonaga, jumladan, Belarusning oltita  mudofaa kompaniyasiga taalluqli. Ta’kidlanishicha, yangi zelandiyaliklarga ushbu kompaniyalar bilan hamkorlik qilish taqiqlanadi.

Hukumat saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, “Gazprom” shuningdek, qurol va harbiy texnika ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan.

Unda ta’kidlanishicha, sanksiyalar ta’siri ostidagi korxonalar “Rossiya uchun strategik ahamiyatga ega”, chunki ular xomashyo, infratuzilma, aloqa, transport, qurol-yarog‘ va moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Ukraina urushi boshlangandan so‘ng, Yangi Zelandiya Rossiyadagi jismoniy shaxslar, mudofaa korxonalari, moliyaviy tashkilotlariga sanksiyalar e’lon qilgandi. Shu jumladan, yuzdan ortiq rossiyalik siyosatchilar, tadbirkorlar va ularning yaqinlariga Yangi Zelandiyaga kirish taqiqlandi. Ma’lumot  uchun, sanksiyalar ro‘yxatida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Mixail Mishustin ham bor.

Maktaboy Ergasheva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing