Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq tug‘ildi?

Jamiyat

image

2022 yilning 1 yanvar kuni O‘zbekistonda jami 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

1 yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ildi. 

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:

Shuningdek:

  • ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati (239 nafar), 
  • uchinchi o‘rinda Namangan viloyati (218 nafar), 
  • to‘rtinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati (213 nafar chaqaloq) qayd etildi.

Qolaversa, shu kuni tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha:

5-o‘rinni Qashqadaryo viloyati (210 nafar),
6-o‘rinni Andijon viloyati (197 nafar),
7-o‘rinni Toshkent shahri (177 nafar),
8-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (156 nafar),
9-o‘rinni Toshkent viloyati (155 nafar),
10-o‘rinni Xorazm viloyati (115 nafar),
11-o‘rinni Buxoro viloyati (113 nafar),
12-o‘rinni Jizzax viloyati (102 nafar),
13-o‘rinni Navoiy viloyati (90 nafar),
14-o‘rinni Sirdaryo viloyati (61 nafar) band etdi.

Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini to‘rt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018 yilning 1 yanvar kuni 1961 nafar, 2019 yilning shu kuni 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar hamda 2021 yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing