Yangi yil kuni “svet” muammo bo‘lmaydimi? Energetika vazirligi javob berdi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022 11913 1 daqiqa
O‘zbekiston energetika sohasi haqiqatan ham jiddiy sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Mamlakatdagi sovuq kunlar energetika sohasida muammolarni yana bir bor suv yuziga chiqarib qo‘ydi. Oldinda esa Yangi yil. Odamlar yangi yilni sovuq uyda, sham yorug‘ida kutib oladimi? Ushbu savolga Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev javob berdi.
“Bayram kunlari, xususan, Yangi yil kuni elektr energiyasiga bo‘lgan talab sezilardi darajada pasayadi. Chunki maktab, bog‘cha, oliygohlar ishlamaydi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi aholiga va ayrim ijtimoiy soha ob’ektlariga yo‘naltiriladi. O‘ylaymanki, Yangi yil kuni elektr ta’minotida hech qanday muammolar yuzaga kelmaydi”, deydi Xo‘jayev.
Shuningdek, uning qayd etishicha, agar joylarda avariyaviy holatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, tunu kun ishlaydigan ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va har qanday lokal muammolar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.
Live
Barchasi