Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Jamiyat

image

Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’iy nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam oladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

31 dekabr — shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);

1 yanvar — yakshanba (Yangi yil bayrami);

2 yanvar — dushanba (ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

3 yanvar — seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni).

30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1499

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing