Yangi yil bayramida qaysi viloyatda qanday ob-havo bo‘ladi?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonning ayrim hududlarida Yangi yil bayramida qor yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 29-30 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq -3 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 30 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 29-30 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Navoiy viloyatining shimolida 29-30 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5daraja iliq, 31 dekabr-1 yanvarda kechasi 10-15 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 29-30 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 31 dekabrda kechga tomon ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 1 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, -3 daraja iliq, kunduzi 29-31 dekabrda 2-7 daraja iliq, 1 yanvarda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo o‘zgarib turadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 30 dekabr-1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, 29-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 29-31 dekabrda 0-5 daraja iliq, 1 yanvarda 3 daraja sovuq, -2 daraja iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

931

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing