“Yangi O‘zbekistondagi eskicha qarash”. Suv “schyotchik”larini o‘rnatish iste’molchi bo‘yniga ilinmoqda

Jamiyat

image

Endi xonadonlarga suv hisoblagichlarni o‘rnatish va hisobini yuritish majburiyatlari suv ta’minoti korxonasi emas, iste’molchi bo‘yniga ilinishi mumkin. Bu haqda bugun, 28 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi depututlari tomonidan qabul qilingan “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi ichimlik suv ta’minoti va oqava suv chiqarish bilan bog‘liq masalalarni qonun bilan tartibga solishga xizmat qiladi.

Shuningdek, qonun loyihasida suv ta’minoti tashkilotlari bilan bir qatorda iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Rasul Kusherboyevga ko‘ra, qonunning 18-moddasida suv hisoblagichlarni o‘rnatish, hisobini yuritish, avariyani bartaraf etish va hokazo majburiyatlar suv ta’minoti korxonasi emas, iste’molchi bo‘yniga ilingan.

“Qancha harakat qilmaylik suv ta’minoti masalasida yangi O‘zbekistondagi eskicha qarash qoldi… Davlat byudjetidan milliardlab pul olib, ortga qaytarmaydigan, biroq iste’molchi uchun bitta hisoblagich o‘rnatishni bo‘yniga olmaydigan tarmoqning iste’molchilar bilan shartnoma asosida teng shartlarda ishlaymiz, deyishi absurddan bo‘lak narsamas”, deydi Kusherboyev.

Agar qonun loyihasi tasdiqlansa yana hozirgidek elektr energiyasi, gaz ta’minotidan farqli o‘laroq suv hisoblagichlarni iste’molchi o‘z mablag‘lari hisobidan o‘rnatishi, hisobini yuritib, doimiy ta’minotchi korxonani xabardor qilib borishi kerak bo‘ladi.

Mazkur qonun loyihasi depututlar tomonidan uchinchi o‘qilishda qabul qilindi, endi Oliy Majlis Senatiga yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing