Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil etiladi. Unda kimlar o‘qiydi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda Kembrij ta’lim tizimi asosida dars beriladigan Yangi O‘zbekiston universiteti tashkil qilinadi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev “Toshkent besh tashabbus harakati”dagi nutqida ma’lum qildi.

Yoshlar bilan ochiq muloqotda qatnashgan Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilayotgan yangi universitet haqida ma’lumot berib o‘tdi.

“2021 yil 1 sentyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida Prezident maktablari faoliyatini boshlaydi. Bu yerda Kembrij ta’lim tizimi asosida dars beriladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yerga kelganda masalaning ikkinchi tomonini ham o‘yladilar ha savolni o‘rtaga tashladilar: Kembrij ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qishni bitirgan bolalar qayerda o‘qiydi? Shu maqsadda O‘zbekistonda Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil qilish bo‘yicha dastlabki qadamlar tashlandi”, dedi Musayev.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 21 may kuni Toshkent shahrida 5 tashabbus harakati start oldi. Harakat doirasida besh kunlik tadbirlar rejalashtirilgan. Festivalning ochilish marosimida Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Bosh vazir o‘rinbosari Bexzod Musayev, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirok etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

521

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing