“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurishga qariyb 1 000 gektar ajratildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston bo‘ylab “Yangi O‘zbekiston” turar-joy massivlarini qurish uchun 992 gektar yer maydoni ajratildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qurilish vazirligi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda 2022 yilda uy-joylar qurish dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Bunda, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida barcha hududlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish ko‘zda tutilmoqda.

Hokimliklar bilan birgalikda 30 ta massiv uchun 992 gektar yer maydoni tanlab olingan. Ularda ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy soha, bozor infratuzilmasi va muhandislik ob’ektlarini joylashtirish bo‘yicha bosh reja loyihalari ishlab chiqilgan.

Mazkur loyihaga ko‘ra, kelgusi yilda 2 ming 191 ta uylar jumladan, 56 ming xonadon, 27 ta maktab, 40 ta bog‘cha, 25 ta oilaviy poliklinika va 120 dan ortiq savdo-maishiy xizmat majmuasi qurish ko‘zda tutilmoqda.

“Bugungi kunda tegishli farmon loyihasi bilan yer ajratish, bosh reja va loyihalarni ishlab chiqish, buyurtmachi va pudratchilarni aniqlash, moliyalashtirish, ipoteka kreditlarini ajratish, metall va sement bilan ta’minlash, muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma ob’ektlarini qurish masalalari hal etilmoqda”, deyiladi xabarda.

Yana bir ma’lumot, ushbu uylar qurilishida reytingi 3 ta “S”dan yuqori pudrat tashkilotlari ishtirok etadi. Bugungi kunda bu kabi salohiyatli pudrat tashkilotlari soni 4 ming 876 tani tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing