Yangi O‘zbekiston qanday bo‘lishi kerak? Mirziyoyev javob berdi
Jamiyat
−
31 avgust 2022
9933Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan “Yangi O‘zbekiston” qanday bo‘lishi kerak? Ushbu savolga bugun, 31 avgust kuni Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tantanali marosimda Prezidentning o‘zi javob berdi.
U so‘zi avvalida “Bizning maqsadimiz aniq va ravshan”, deya alohida urg‘uladi.
“Shu o‘rinda Yangi O‘zbekiston qanday bo‘lishi kerak degan savolga butun xalqimiz bilan javob topib, amaliy harakatlarimizni boshlashimiz zarur”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Uning ta’kidlashicha, Yangi O‘zbekiston:
• har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyat beradigan;
• odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoit mavjud bo‘lgan;
• hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolarning ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida teng bo‘ladigan;
• tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlat bo‘lishi kerak.
“Biz so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi”, deydi Mirziyoyev.
LiveBarchasi