“Yangi O‘zbekiston” davrida qancha korrupsiyaviy holat aniqlangani ochiqlandi

Jamiyat

image

AOKAda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Bosh prokurorning birinchi  o‘rinbosari Bahriddin Valiyev, Oliy sud, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati hamda tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirishga qaratilgan Farmon va qarori yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanida Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev oxirgi 4 yilda korrupsiya holatlari aniqlangani haqida ma’lumot berdi. Valiyevning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 4 yilda 9546 nafar shaxs tomonidan turli xildagi korrupsiyaga oid holatlar aniqlangan. 

Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat va fuqarolarga 3 trilion 200 milliard so‘mga yaqin zarar yetkazilgan. Ushbu keltirilgan zararning qariyb 90 foizi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ya’ni tergov va sud jarayonlarida undirib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing