“Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Jamiyat

image

Toshkentda “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga 2022 yilning 10 yanvarigacha bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ  Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar va poytaxt mehmonlariga sifatli hamda qulay transport xizmatini ko‘rsatish maqsadida, "Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan joriy yilning 20 dekabr kunidan boshlab, 2022 yilning 10 yanvar kuniga qadar “Do‘stlik metrosi - Yangi O‘zbekiston bog‘i” yo‘nalishida harakatlanuvchi maxsus bepul avtobuslar ishga tushirilgan. 

Mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar soat 08:00 dan 22:00 ga qadar harakatlanadi. Avtobusning harakat jadvallari soni - 6 ta, harakatlanish vaqti esa - 10-11 daqiqa oralig‘ida tashkil etilgan.    

Avvalroq, joriy yilda O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

511

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing