“Yangi O‘zbekiston” bog‘i orqali o‘tgan yo‘lda harakat 3 kunga cheklanadi
Jamiyat
−
29 avgust 2021
16580Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida mamlakat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 31 avgust hamda 1-2 sentyabr kunlari mazkur bog‘ atrofida, Temur Malik hamda Ohangaron shoh ko‘chalari kesishmasidan boshlab “Maxtumquli-Istiqlol” avtomobil yo‘li bo‘ylab 4R-12 "Bektemir-Chorbog‘" avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan masofada transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.
Tirbandliklarni oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yo‘llardan foydalanishlari tavsiya etiladi.
LiveBarchasi