“Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofidagi ayrim yo‘llar avtotransportlar uchun vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

2021 yil 31 dekabr hamda 2022 yil 1 yanvar kunlari “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga olib boruvchi ayrim yo‘llarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

IIV YHXBB xabariga ko‘ra, “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib boruvchi Maxtumquli va 4P12 yo‘llarida avtoturargohlar tashkil etiladi.

Bu choralar mamlakatning bosh archasi o‘rnatilgan “Yangi O‘zbekiston”  bog‘iga tashrif buyuruvchi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 10 yanvar kuniga qadar Bo‘stonliq tumanining "Amirsoy" tog‘li dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda xavfsizlikni va yo‘lning o‘tkazuvchanlik imkoniyatini inobatga olgan holda vaqtincha bir tomonlama harakatlanish tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing