Yangi tuzilgan tumanga 3 ta sektor rahbarlari tayinlandi
Jamiyat
−
20 aprel 2022 8840 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan tashkil etilgan Qashqadaryo viloyatidagi Ko‘kdala tumaniga prokuror, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tuman prokurori lavozimini Bahrom Mengirovich Bekbo‘tayev egallagan. U 1985 yil Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan.
Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib Sherzod O‘tkirovich Shokirov tayinlangan. U 1980 yilda viloyatning Koson tumanida tug‘ilgan.
Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimi Faxriddin Jalolivich Muhammadiyevga nasib etgan. Faxriddin Muhammadiyev 1972 yil Kitob tumanida tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumaniga Xurram Abdurazikovich Jo‘rayev hokim etib tayinlangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust