“Yangi Toshkent” – 50 yil oldinga nazar tashlovchi loyiha

Biznes

photo_2023-11-07_17-20-37

Bir yildan oshdi, poytaxtning shimolida yangi tuman bunyod etilishi e’lon qilindi. Loyiha “Yangi Toshkent” nomini oldi, uni ishlab chiqishga eng yaxshi mahalliy va xorijiy loyihachilar yo‘naltirildi. Bugun ushbu hudud faol rivojlanmoqda va yaqinda u poytaxtning eng obro‘li va yashash uchun qulay hududlaridan biriga aylanadi.

“Yangi Toshkent” loyihasini ishlab chiqish ustida O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy va singapurlik mutaxassislar ikki yildan ziyod ish olib bordilar. Uni 2045 yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan. O‘sha vaqtgacha Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘idagi 20 ming gektar hududda o‘rta qavatli, ko‘plab kanallari, sohilbo‘ylari, yashil hududlari va jamoat maskanlariga ega megapolis qad rostlaydi.

NRG kompaniyasi “Yangi Toshkent” hududida ikkita turarjoy majmuasi qurilishini ma’lum qildi. Shimoliy qismida, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida, o‘ta zamonaviy Maftun Makon turarjoy mavzesi, Janubi-g‘arbda, Rohat ko‘li yonida esa komfort-toifadagi Zamon turarjoy majmuasi qad rostlaydi.

Maftun Makon turarjoy mavzesi va Zamon turarjoy majmuasi joylashgan maskanlar misli ko‘rilmagan tezlikda rivojlanmoqda. Bu joylar mamlakat rahbariyati va biznesmenlarning diqqat-e’tibori markazida bo‘lib, tez orada yangi uylar atrofida qulay loyihalashtirilgan yashil megapolis barpo etiladi. “Yangi Toshkent”ni “50 yil oldinga nazar tashlagan loyiha” deyishlari bejiz emas. Aynan shu sababli hozir o‘z kelajagingizga manfaatli sarmoya kiritish va qurilayotgan majmuada xonadon sotib olishning eng qulay vaqti. Qolaversa, qurilishning bu bosqichida narxlar binolar bitganidan keyinga qaraganda ancha past.

Maftun Makon turarjoy mavzesi

Maftun Makon turarjoy mavzesi Yangi O‘zbekiston ko‘chasida, poytaxtning eng jo‘shqin rivojlanayotgan hududlaridan birida joylashgan. Mavze biznes-toifadagi 49 ta uy va ekonom-toifadagi 26 ta uyni o‘z ichiga oladi. Sotuvga bir, ikki va uch xonali, turli xil maydonga ega, ta’mirsiz xonadonlar taklif etilyapti, demak o‘zingiz uchun apartamentlar tanlab olib, ularning dizaynini o‘z didingiz va hamyoningizga qarab rejalashtirishingiz mumkin. Uylar o‘rtacha qavatli – 5 dan 7 qavatgacha, o‘rab turgan landshaft bilan uyg‘unlashadi. Har bir pod’ezd katta sig‘imli yuk-yo‘lovchi lifti bilan jihozlangan. Yuqori qavatlardan atrofdagi ajoyib manzara ko‘rinib turadi va bu manzaraning gultoji – ulug‘vor Chimyon tog‘laridir. 

Binolar qurilishida tarix va zamonaviylikni mujassamlashtirishga qaror qilindi. O‘zbek me’morchilik an’analari bu yerda dadil dizaynerlik yechimlari va ilg‘or qurilish materiallari bilan uyg‘unlashadi. Intereridan sharqona ruh ufurib turuvchi jamoat maskanlari hayotni yengillatuvchi va bo‘lajak xonadoningizga osongina yetib olishga imkon beruvchi texnologik yechimlar bilan boyitilgan.

Maftun Makon turarjoy mavzesining loyihasi kompleks bunyodkorlikni nazarda tutadi. Bu esa, kompaniya turarjoylardan tashqari, yaqin atrofida barcha muhim ijtimoiy va maishiy ob’ektlar, jumladan 130 mashinaga mo‘ljallangan yopiq avtoturargoh, avtosalon, biznes-aviatsiya uchun ixcham aeroport bo‘lishining rejasini olganligini anglatadi. Bolalar uchun bir qadamli masofada bolalar bog‘chasi va maktab qurilishi, majmua hududida esa – o‘yin maydonchalari va sayilgohlar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Zamon turarjoy majmuasi

NRG Zamon turarjoy majmuasi “Yangi Toshkent” tumanining narigi tomonida, Rohat ko‘li yaqinida joylashadi. U turli qavatli: 8, 9 va 12 qavatli uylarni birlashtiradi. Qurilish to‘rt bosqichda bo‘lishi rejalashtirilgan va hozirda birinchisi faol amalga oshirilmoqda: shu paytga qadar uylar to‘rtinchi qavatgacha ko‘tarilgan.

Arxitektorlarning rejalariga ko‘ra, “NRG Zamon” TJM qat’iy o‘lchangan, nazokatli geometrik shakllarga ega ixcham ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yumshoq rang yechimlari atrofdagi imoratlar bilan uyg‘unlik kasb etadi, innovatsion qurilish materiallari ishlatilishi esa, apartamentlarda yashashni qulay va muammosiz qiladi. 

Chunonchi, masalan, qurilishda chidamli materiallardan ventilyatsiyali fasad texnologiyasi qo‘llanilmoqda, tashqi va xonalararo devorlar gazoblokdan ko‘tarilyapti, xonadonlar o‘rtasidagi devorlar g‘ishtdan bo‘ladi.

Qurilishning birinchi navbati doirasida oltita turarjoy bloklarini barpo etish rejalashtirilgan: uchta 12 qavatli – jami 162 xonadon, ikkita 9 qavatli – jami 64 xonadon va bitta 28 xonadonli, 8 qavatli bino. Shu tariqa, yangi TJM 254 ta baxtli oila uchun yangi uy bo‘ladi. Rezidentlarga qulay bo‘lishi uchun Zamon TJMda 104 o‘rinli yopiq avtoturargoh, veloturargoh, mavsumiy ashyolarni saqlash uchun boxroom bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Loyiha qulay joylashuvli va puxta o‘ylangan maydonlarga ega 11 ta tijorat hududlarini o‘z ichiga oladi, ular ijtimoiy-maishiy soha: kafe, dorixonalar, bank filiallari, klinika yoki kimyoviy tozalash shoxobchasi uchun mo‘ljallangan. Loyihani ixcham ko‘l, barbekyu hududi, workout, bolalar o‘yingohlariga ega ko‘kalamzor makonlar boyitadi.

Xonadonlar ta’mirga tayyor, oq suvoq holatida taqdim etiladi. Kirish eshiklari, radiatorlar, derazalar, xonalararo devorlar o‘rnatilgan, internet uchun kabel olib kirilgan bo‘ladi. Bunday yechimning afzalligi shundaki, sizga standart namunaviy xonadon tutqazilmaydi, balki o‘z ta’bingizga mos dizaynda ta’mirlash imkoni beriladi.

NRG Zamon poytaxtning osuda, lekin tez rivojlanayotgan, qulay transport qatnoviga ega hududida joylashgan. Yon-atrofda bir nechta bolalar bog‘chalari, maktablar, supermarketlar va bozorlar, ikkita masjid, bog‘ mavjud.

Bugun yangi TJMlardan birida xonadon xarid qilib, siz oilangiz uchun barqaror va qulay kelajakni ta’minlaysiz.

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing