Yangi Tashqi ishlar vazirining birinchi telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
31 dekabr 2022
17459Bugun, 31 dekabr kuni yangi tayinlangan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili ma’lum qildi.
Ozarbayjon tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidovni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan.
Tomonlar, shuningdek, yaqinlashib kelayotgan 2023 yil bilan ham bir-birini qutlagan.
O‘zbekiston-Ozarbayjon ko‘p qirrali strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni faollashtirishga o‘zaro tayyorlik tasdiqlandi.
“Vazirlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar va bo‘lajak tadbirlar jadvalini kelishib oldilar”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 30 dekabr kuni Vladimir Norov o‘rniga Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. U bundan oldin Xalq ta’limi vaziri bo‘lib ishlagandi.
LiveBarchasi