Yangi tahrirdagi Vijdon erkinligi to‘g‘risidagi qonunda qator talablar bekor qilinyapti

Jamiyat

shutterstock_108080516

Kecha, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama etildi. Bu haqda quyi palata deputati Zafar Xudayberdiyev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, loyiha bilan diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirilmoqda, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda va ularni taqdim etish to‘liq elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi joriy etilmoqda, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari ro‘yxati aniq belgilanmoqda.

Quyidagi tartiblar bekor bo‘lmoqda:

•    diniy tashkilotni tuzishda mahalla fuqarolar yig‘inlari roziligini olish tartibi bekor bo‘lmoqda;

•    diniy tashkilotni tuzishda tashabbuskorlarning soni 100 nafardan 50 nafarga qisqartirilmoqda;

•    diniy tashkilotni tugatish yoki faoliyatini to‘xtatish huquqi Adliya vazirligidan sudlarga olib berilmoqda;

•    diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilanmoqda;

•    diniy tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni notariusdan o‘tkazish bekor qilinmoqda.

“Muhokamada xorijiy ekspertlar qonun loyihasini yuqori baholadilar.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi yig‘ilishiga birinchi o‘qishga kiritiladi”, degan deputat Xudayberdiyev.


Maqola muallifi

Teglar

din vijdon erkinligi

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing