Yangi rekord ortidan Italiyada komendantlik soati joriy qilinyapti

Olam

image
Italiyaning barcha shaharlarida koronavirusga qarshi kurashish maqsadida komendantlik soati joriy qilinadi. Bu haqda Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte ma’lum qilgan
"Shahar hokimlari epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, soat 21:00 dan keyin cheklovlar kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin", degan Konte.
 
Shuningdek, u mamlakatdagi umumiy ovqatlanish joylari faoliyatiga ham cheklovlar qo‘yilishini e’lon qilgan.
 
Unga ko‘ra, endi Italiyadagi barlar soat 18:00 da yopiladi. Lekin restoran va kafelar yarim tungacha ishlashi mumkin. Faqat stolga oltidan ko‘p mijoz o‘tirishi taqiqlanadi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinish holati kundan-kunga o‘sib boryapti. O‘tgan kecha-kunduzning o‘zida 11 ming 705 ta yangi holat aniqlangan. Bu pandemiya boshlanganidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Yana 69 kishi esa kasallikdan vafot etgan. 
 
Ma’lumot uchun, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 414 mingdan oshib ketgan. 36 ming 543 kishi virus qurboni bo‘lgan. 
 
Dunyoda esa koronavirus yuqtirib olganlar 39 milliondan oshgan. 1,11 milliondan ko‘p kishi kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Maqola muallifi

Teglar

italiya koronavirus

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar