Yangi rekord. Eng serdaromad futbol klubi nomi ma’lum qilindi

Sport

image

Audit-konsalting kompaniyasi hisoblanmish Deloitte jahondagi eng serdaromad futbol klublari reytingini e’lon qildi.

Reytingda ilk bor “Barselona” klubi birinchi o‘rinni qayd etgan. Undan keyingi o‘rinni esa Madridning “Real” jamoasi band qilgan. 2018-2019 yillar mavsumi davomida Kataloniya futbol jamoasi rekord summa - 840,8 million yevro miqdorida foyda ko‘rgan. Jamoa o‘z tarixida birinchi bor 800 millionlik ko‘rsatkichdan o‘tib ketishidir.   

“Real”ning yillik daromadi 757,3 million yevroni tashkil etdi. Uchinchi o‘rinda 711,5 million yevrolik foyda bilan Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi bormoqda.  

Quyida 2018-2019 yillar mavsumida eng yuqori foyda ko‘rgan klublar reytingi taqdim etiladi.

1. "Barselona" (Ispaniya) - 840,8 milliona yevro;
2. "Real" Madrid (Ispaniya) - 757,3;
3. "Manchester Yunayted" (Angliya) - 711,5;
4. "Bavariya" (Germaniya) - 660,1
5. PSJ (Fransiya) - 635,9
6. "Manchester Siti" (Angliya) - 610,6
7. "Liverpul" (Angliya) - 604,7
8. "Tottenxem" (Angliya) - 521,1
9. "Chelsi" (Angliya) - 513,1
10. "Yuventus" (Italiya) - 459,7
11. "Arsenal" (Angliya) - 445,6
12.  "Borussiya" Dortmund (Germaniya) - 377,1
13. "Atletiko" Madrid (Ispaniya) - 367,6
14.  "Inter" (Italiya) - 364,6
15. "Shalke-04" (Germaniya) - 324,8
16. "Roma" (Italiya) - 231
17. "Lion" (Fransiya) - 220,8
18. "Vest Xem" (Angliya) - 216,4
19. "Everton" (Angliya) - 213
20. "Napoli" (Italiya) - 207,4

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing