Yangi namoyishlar xavfi: Peterburg himoyalanmoqda (fotoreportaj)

Olam

image

Kecha, 6 fevral kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Sankt-Peterburgning markaziy ko‘chalarini yarim kun davomida o‘rab oldi va bir nechta metro stansiyalarini yopdi. Hech kim rasmiy ravishda ushbu harakatlar nima bilan bog‘liqligini tushuntirmagan. Shahar ma’muriyatidagi manbalarga ko‘ra, ma’murlar Telegram kanallarda chaqirilayotgan norozilik harakatlaridan qo‘rqishlarini aytgan.

Haqiqatan ham Telegram’da Navalniy tarafdorlarining ushbu hafta oxiriga rjalashtirgan harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor edi, ammo bu harakatlar tashkilotchilari noma’lum. Navalniyning sheriklari bahorgacha mitinglar o‘tkazmasliklarini e’lon qildi. Lekin Peterburg baribir xavfsiramoqda. Yopiq shahar hozir qanday ko‘rinishda? Fotoreportajda ko‘ramiz.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing