Yangi Namangan tumaniga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Jobir Abdullayev Namangan viloyatida tashkil etilgan Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda shahar tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish va tashkiliy masala ko‘rilgan. 

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Yangi Namangan tumani hokimligiga Jobir Abdullayev nomzodini taklif qilgan. 

Deputatlar va faollar nomzod yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, nomzod ular tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Jobir Abdullayev 1984 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2008 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. 2008-2019 yillar davomida “Namangan elektr tarmoqlari” AJda turli mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 

2019-2020 yillarda Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Jobir Abdullayev 2020 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

104

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing