Yangi LADA Largus savdosi boshlandi

Biznes

image

LADA UZBEKISTAN Largus Cross yangi avlod avtomobillari savdosi boshlanganini e’lon qiladi.

LADA Largus Cross — universal avtomobil bo‘lib, unda har kungi safarlar uchun ham, uzoq sayohatlar va ish uchun ham barchasi muhayyo. U o‘z sinfidagi uchinchi o‘rindiqlar qatoriga ega yagona 7 o‘rinli universal avtomobil.

Yangi Largus Cross zamonaviy LADA uslubidagi tashqi va ichki dizaynga ega bo‘lib, tashqi ko‘rinishi tomonlama ham o‘zgardi. Avtomobilning old bamperi, kapot va old qanotlari, radiator panjarasi, yoritish chiroqlari, g‘ildirak disklari va tashqi ko‘zgulari original ko‘rinishga ega. Bularning barchasi birgalikda ish va sayohatlar uchun mos avtomobilga savlatli, zamonaviyroq va e’tiborni tortadigan ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Qulaylik jihatidan olib qaraladigan bo‘lsa, yangi Largus Cross yangilangan asboblar paneli va multirul, orqa ko‘rinish kamerasi, navigatsiyaga ega va Apple Carplay/Android Auto servislarini qo‘llovchi multimedia, kuchaytirilgan shovqindan himoya, old oyna va orqa o‘rindiqlarni isitish tizimi, yomg‘ir va yorug‘lik datchigi, buyumlarni saqlash bo‘shlig‘iga ega. Shuningdek, mashina qo‘lni qo‘yish tirkagi, yaxshilangan shakl va yangi qoplamaga ega yangi old o‘rindiqlar, kruiz-nazorat tizimi, ergonomikasi yaxshilangan 7 o‘rinli keng salonga ega bo‘ldi.

Bazaviy jihozlanish esa yangi uskunalar bilan boyitilgan, masofadan boshqariladigan markaziy qulf, yo‘nalish kompyuteri va kunduzgi yurish chiroqlari shular jumlasidandir.

Uchinchi qator o‘rindiqlariga ega LADA Largus Cross’ning boshlang‘ich bahosi – 169 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Yangi model haqidagi batafsil ma’lumot – lada.uz saytida.
 

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

809

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing