Yangi qurilgan So‘x aeroportiga dastlabki parvoz amalga oshirildi

Jamiyat

image

Bugun, 1 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportidan “Humo Air” aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotidan So‘x tumanida qurilgan aeroportga ilk sinov parvozi amalga oshirildi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga ko‘tarilgan layner, soat 13:10 da So‘x aeroportiga kelib qo‘ndi. Javohir Ma’rupov komandirligidagi ekipaj tomonidan amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli yakunlandi.

Barpo etilgan ushbu aeroport maydoni 7 gektar bo‘lib, uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan 6,8 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Ilk parvoz, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan kutib olindi. Samolyot qayta Farg‘onaga parvoz qilgan va soat 14:07 da yana Farg‘ona xalqaro aeroportiga yetib borgan.

Aeroport qurilishi 2020–2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini rivojlantirish to‘g‘risidagi Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing