Yangi-Angren IESdagi sexning o‘zini osgan rahbari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
23 yanvar 2021
20796Avvalroq Yangi-Angren IESdagi portlagan sexning rahbari o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Rspublikasi Bosh Prokuraturasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga marhumning vafot etishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 23 yanvar kuni, soat tahminan 12:50 larda, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro S.Sh. o‘zi yashagan Angren shahar Nurobod qo‘rg‘onidagi xonadonning somonxonasi shifti ustuniga arqon bilan o‘zini bo‘yin qismidan osib, joniga qasd qilib, vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy va murda ko‘zdan kechirilib, S.Sh. ning murdasiga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ekspertning dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra S.Sh. ning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan S.Sh. ning vafot etgani holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi