Yangi-Angren IESdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq Yangi-Angren IES hududida portlash yuz bergani xabar qilingandi. Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasining profilaktika choralarini ko‘rish uchun to‘xtatilgan 5-energiya blokida chang-ko‘mirli havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi. 

Chaqnash natijasida kelib chiqqan yong‘in oqibatida 3 nafar ishchi voqea joyida vafot etgan, yana 3 nafari turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Uning natijasiga ko‘ra, Jinoyat Kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing