Yana pora, yana Andijon, yana maktab direktori
3-sahifa
−
09 fevral 2022
13178Andijon shahrida maktab direktori X.S. pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 1 fevral kuni maktabning Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.A. va o‘qituvchi N.B. arizasiga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlari, viloyat DXX boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari ishtirokida tadbir o‘tkazigan.
Arizachilar murojaatida aytilishicha, maktab direktori X.S. o‘qituvchi N.B.dan uning boshlang‘ich sinflardagi 12 dars soatiga 13 dars soatini qo‘shib, jami 25 dars soati qilib berish evaziga 200 AQSH dollari hamda 2022 yil yanvar oyida ishga kelmagan kunlari uchun jami 2.000,0 ming so‘m pullarni berishini talab qilib, pullarni o‘z xizmat xonasida olgan.
Shuningdek, direktor X.S. S.A.dan uni shu maktabga ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga tayinlash evaziga 200 AQSH dollari talab qilib, shundan 100 AQSH dollarini joriy yilning 25 yanvar kuni olgan. Qolgan 100 AQSH dollarini esa o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, maktab direktori X.S. ta’magirlik yo‘li bilan takroran pora olishda ifodalangan xatti-harakatlarda gumonlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a,v” bandlariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi