Samarqandda 17 yashar o‘smir 5,5 yilga qamaldi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati Urgut tuman sudi 17 yoshli avtomobil o‘g‘risini besh yilu olti oylik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi Tergov boshqarmasi xabar qildi.

Yigit 2019 yil 24 oktyabrda avtomobil o‘g‘irlashda gumon qilinib, hibsga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi "a" bandi ("Xavfli retsidivist tomonidan transport vositasini o‘g‘irlash") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, ayblanuvchi mashina kalitlari avtoulov ichida unutilgan Nexia-3 rusumli avtomashinani o‘g‘irlab ketgan. Avval ham yigit avtomobil o‘g‘irlashda ayblangan edi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing