120 kunda to‘lash mumkin
Jamiyat
−
02 avgust 2019
6089O‘zbekistonda tayyor mahsulot eksportining ulushi umumiy tushumda 50 foizdan yuqori bo‘lgan eksportyorlar, eksport uchun ishlab chiqarishda foydalanadigan hom-ashyo va materiallarni import qilganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida to‘lashi mumkin.
Bu haqda Iqtisodiyot va sanoat hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Shuningdek, eksportyorlar, mahsulot eksport qilmoqchi bo‘lgan barcha sub’ektlar hozirda test rejimida ishlayotgan Tashqi iqtisodiy axborot portali orqali eksport faoliyati bilan bog‘liq barcha savollariga bir joydan ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Portal 1 avgustdan test rejimida ishga tushirildi. Unda mahsulotlarni eksportga chiqarish tartibi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun talab etiladigan hujjatlar, tashqi bozorlardagi narx kon’yunkturasi, jahon bozorlari marketing tahlillari, salohiyatli importyor davlatlar, xalqaro ko‘rgazma-yarmarkalar, xorijiy davlatlarda mahsulotlarni import qilish uchun qo‘yiladigan asosiy talablar va bojxona tariflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
LiveBarchasi