Yana bir o‘zbek ayoli Turkiyada dahshatli o‘lim topdi. Qotil begona emas

3-sahifa

image

Turkiyaning Dengizli shahriga sayyoh sifatida kelib, istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik juftlikning janjali qonli yakun topdi. Er xotinining bo‘g‘zidan pichoq tortib uni o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda mahalliy matbuot xabar berdi

Voqea Dengizlining Markazafandi tumanidagi Oqchashma mahallasida sodir bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari – 32 yashar Gulzoda Kamolova va Sherzod Xaqberdiyev (er-xotin) ko‘p qavatli uyning eng yuqori qavatidagi xonadonda istiqomat qilgan. 

Shu oyda vizasi tugagan er-xotin noma’lum sabablarga ko‘ra janjallashib qolgan. Tunda boshlangan janjalda er xotinining ko‘ksiga ikki marta pichoq urgan va bo‘g‘ziga pichoq tortgan. Ayol voqea joyiga vafot etgan. Shundan so‘ng, er baqirgancha o‘z bilaklariga ham pichoq urgan.

Ular bilan bir xonadonda ijarada yashagan boshqa o‘zbekistonlik oila voqeaga guvoh bo‘lgan va zudlik bilan xabar bergan, ammo bu vaqtda kech bo‘lgan edi. Voqea joyiga ko‘plab xavfsizlik kuchlari va tibbiyot xodimlari yuborilgan. Ular xonadonda dahshatli manzaraga duch kelgan. 

Tibbiyot xodimlari ayolning o‘lganini aniqlagan bo‘lsa, hushsiz yotgan erkak tez yordam mashinasida Pamukqal’a universiteti shifoxonasiga olib ketilgan. Tekshiruvlardan so‘ng jasad sud-tibbiyot ekspertizasi o‘likxonasiga olib ketilgan. 

Ayni vaqtda erkakning davolanishi davom etmoqda.

Tergov-surishtiruv ishlari davomida juftlik uch oy avval Turkiyaga kelgani aniqlangan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Turkiyaning Istanbul shahri G‘oziyusmonposhsho tumanida 45 yashar O‘zbekiston fuqarosi Abdujalol Umirzoqov 10 yillik 33 yashar rafiqasi Shahlo Muxtorovani pichoqlab o‘ldir


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2727

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing