Yana bir O‘FA hakami kelishilgan o‘yinlar sabab diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Etika qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishida o‘zbek futbolida korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan, kelishilgan o‘yinlarda qatnashgan hakam va shaxslarga nisbatan jazo choralari belgilandi.

Unga ko‘ra, O‘FA hakami Olim To‘ychiboyev O‘FA intizom kodeksining 5.44 bandiga asosan bir qator futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgani uchun bir yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

To‘ychiboyev faoliyati bo‘yicha surishtiruv davomida Samarqandning “Dinamo” futbol klubi vakillarining ishtiroki ham aniqlanib, ularga nisbatan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilish qarori bilan Buxoro viloyati 2-liga musobaqasi ishtirokchisi “Olot Istiqlol” futbolchisi N. Hasanov "Buxoro-W" ayollar futbol klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan ularni haq evaziga totalizatorda ishtirok etishga undagani uchun O‘FA intizom kodeksining qator bandlariga asosan bir yil muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Mazkur qarorlar O‘FA tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FA Etika qo‘mitasi FIFA hakami Sherzod Qosimovni kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki sabab 3 yilga futboldan chetlatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing