Yana bir tarmoq xodimlari oylik maoshi oshirildi
Jamiyat
−
07 fevral 2019
4519Erkin iqtisodiy va kichik sanoat rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq to‘lash razryadlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga tegishli tartibda:
- lavozim maoshlariga 20 foizli ustama haqi;
- byudjet muassasalari va tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi;
- o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdorida mukofotlash hamda yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam berilishi belgilandi.
LiveBarchasi