Yana bir mamlakat Rossiyani terrorizm homiysi deb tan oldi

Olam

image

Niderlandiya parlamentining quyi palatasi – Vakillar palatasi Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi sababli Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qildi. Bu haqda NRC agentligi xabar bermoqda. 

Kecha, 24 noyabr kuni parlament a’zolarining aksariyati shunday qaror uchun ovoz berdi. Ular “Yashil chaplar” partiyasi a’zosi Tom van der Lining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Rossiya qo‘shinlari “tarkibiy va ataylab” Ukrainadagi tinch aholi nishonlariga zarba bermoqda, deydi WNL telekanali qabul qilingan hujjatdan parchalar keltirib. Parlament a’zolari Kiyevni imkon qadar qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda. 

Niderlandiya Tashqi ishlar vaziri Vopke Xukstraning tushuntirishicha, mamlakat qonunlarida terrorizm homiysi sifatida tan olingan shaxslarga nisbatan hech qanday sanksiya nazarda tutilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 noyabr kuni Strasburgda Yevropa Ittifoqi parlamenti Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi tufayli Rossiyani terrorizmning homiysi sifatida tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Qarorni 494 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi, 58 nafari qarshi, 44 nafari betaraf qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing