Yana bir xonanda jarimaga tortildi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Osman Navro‘zov avtomobilni yuqori tezlikda haydagani aks etgan video tarqaldi. Yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan xonandaga nisbatan o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Navro‘zov kecha, 3 oktyabr kuni 197 km/soat tezlikda harakatlanib ketayotganida o‘zi uchun video suratga olgan.

“Bilmasdan videoni storisga qo‘yganim uchun xalqimizdan uzr so‘rayman va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan, Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlaridan uzr so‘rayman. Bunaqa tezlikda qayta harakatlanmaslikka va’da beraman va sizga ham buni tavsiya qilmayman. O‘zimni haydovchilik guvohnomamni topshiryapman. Bu to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradilar”, deydi qo‘shiqchi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha harakat ishtirokchilaridan yo‘llarda belgilangan tartib va qoidalarga rioya etishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq xonanda Jahongir Otajonov o‘zining Zeekr X avtomobilida yuqori tezlikda harakatlanib, buni boshqaruv vaqtida telefonida tasvirga olib, Instagram sahifasiga joylagani haqida xabar berilgandi. Xonandaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128/3-moddasiga ko‘ra, BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming so‘m) hamda kodeksning 128/1-moddasiga ko‘ra, BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima tayinlandi. U jami 4,5 million so‘m jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.


Maqola muallifi

Teglar

Osman Navro'zov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar