Yana bir davlatda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi

Olam

image

Germaniyaning janubida, Garmish-Partenkirxen shahridagi klinikada (Bavariya federal shtati) koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi. Bu haqda bugun, 18 yanvar kuni “Munchner Merkur” gazetasi xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, shifoxonadagi 73 kishi ushbu mutatsiyani yuqtirgan. Ular orasida xodimlar ham, bemorlar ham bor. Ularning uchtasida shu paytgacha noma’lum koronavirus turi aniqlangan.

Tahlillar keyingi o‘rganish uchun Berlindagi Charite klinikasiga yuborilgan. Mutaxassislar haqiqatan ham mutlaqo yangi tur haqida gap ketayotganini aniqlagan, ammo ular mutatsiyaning xususiyatlari nimada ekanini hali bilmaydi.

Umuman olganda, dunyoda koronavirusning 12 mingdan ortiq mutatsiyasi aniqlangan. Mutaxassislarni ko‘proq yuqumliligi sabab, Buyuk Britaniyada aniqlangan shtamm tashvishga solmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing