Yana bir davlatda koronavirus aniqlandi
Olam
−
30 yanvar 2020
14029Bu virusni vujudga kelganiga bir oy bo‘lar bo‘lmas allaqachon 20ga yaqin davlatga “tashrif buyurishga” ulgurdi.
Bugun esa Filippinda pnevmoniyani keltirib chiqaradigan koronavirusning yangi turini yuqtirishning birinchi holatlari qayd etildi. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni sog‘liqni saqlash vaziri Fransisko Dyuke ma’lum qildi.
Bo‘lim boshlig‘ining ta’kidlashicha, kasallangan odam Xitoyning Uxan shahridan bir hafta oldin kelgan 38 yoshli Xitoy fuqarosi bo‘lgan. Ayni paytda u tibbiy nazoratda.
Umuman olganda, vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning yangi turi tarqalishi munosabati bilan 23 kishi shifokorlar nazorati ostida turibdi.
Pnevmoniyani keltirib chiqaradigan koronavirusning 2019-nCoV yangi turi 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Xubei provinsiyasida, Uxan shahrida vujuga keldi. Hozirgi vaqtda XXRda yangi koronavirus bilan kasallanganlar soni 7700 kishidan oshdi, ulardan 170 nafari vafot etdi.
Sharipov Nurulloh
LiveBarchasi