Yana bir davlat Turkiyadan Bayraktar sotib olmoqchi

Olam

image

Serbiya Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olmoqchi. Bu haqda Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich “Olov qalqoni” mashg‘ulotlari yakunida ma’lum qildi.

"Biz vertolyot aviatsiyasini kuchaytiramiz, shuningdek uchuvchisiz uchoqlar sonini ko‘paytiramiz. Men ikki kun oldin [Turkiya rahbari Rajab ] Erdo‘g‘an bilan suhbatda Bayraktar'larni so‘radim va sotib olish imkoniyatini qo‘lga kiritishimiz haqida va’da oldim”, deydi Prezident.

Ma’lumot o‘rnida, Serbiya armiyasining “Olov qalqoni” mashqlari kecha, 9 aprel kuni Pasulyanske-Livade poligonida yakunlangan. Manevrlarda 1 000 dan ortiq kishi, jumladan quruqlikdagi kuchlar, aviatsiya va havo mudofaasi, 72-maxsus kuchlar brigadasi va 63-havo-desant brigadasi ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning Bayraktar TB2 dronlari 2019 yil iyun oyida Liviyada, 2020 yil martda Suriyada, 2020 yil iyun oyida Tog‘li Qorabog‘ urushida qo‘llanilgandi, hozir esa Rossiya hujumi ostida qolgan Ukraina ham ushbu uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

866

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing