Yana bir davlat banklari “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi
Olam
−
20 Oktabr 2022
5192Qirg‘izistonning to‘rtta banki Rossiyaning “Mir” kartalari bilan operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda bugun, 20 oktyabr kuni TASS agentligiga ushbu moliya institutlarining mijozlar bilan ishlash bo‘limi ma’lum qildi, bu haqda ularning rasmiy saytlarida ham xabar berildi.
“Mir” kartalariga bankning bankomatlari va POS-terminallarida xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganini ma’lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun tashakkur”, deyiladi “Bank of Asia” saytida e’lon qilingan xabarda.
Respublikada “Xalq banki”, “Demir Bank” va “Qirg‘iziston” banki ham “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. “Qirg‘iziston” bankining veb-saytida aytilishicha, gap faqatgina ba’zi Rossiya banklari bergan “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish haqida bormoqda.
Avvalroq “Kompanion”, “Bakay bank” va “Doskredobank” Qirg‘izistonda “Mir” kartalari bilan operatsiyalarni amalga oshirishdan bosh tortgan edi.
Bundan oldin, Qozog‘iston, Turkiya va O‘zbekistonda ham Rossiyaning “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgandi.
LiveBarchasi