Toshkentda 2 kishi koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 11 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 202 nafarga oshib, 31 747 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining: 
•  136 nafari Toshkent shahrida;
•  46 nafari Toshkent viloyatida;
•  13 nafari Andijon viloyatida; 
•  7 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlik xabariga ko‘ra,  Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 63 yoshli Sh.Y. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 57 yoshli X.Q. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 526 nafar, Toshkent viloyatida 136 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Namangan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 10 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, jami 712 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, O‘zbkeistonda 23 704 (+712) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (74 foiz) sog‘aygan.

Hozirda Respublika 7 839 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing