Yaman jiddiy ocharchilik yoqasida – BMT 

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) mablag‘ yetishmovchiligi ortidan Yamanga ajratiladigan yordamni qisqartirishga "majbur bo‘lishini" bildirmoqda. Kelgusi oylarda urushdan vayron bo‘lgan mamlakatda ocharchilik avj olishi ma’lum qilingan. Bu haqda JOODning bugun, 22 dekabr kuni e’lon qilingan bayonotida so‘z boradi.  

Bayonotda ta’kidlanishicha, Yamanda Saudiya Arabistoni tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi aytib kelinadigan hukumat kuchlari va Hutiy isyonchilari o‘rtasidagi qariyb sakkiz yillik janglar mamlakatda dunyodagi eng yomon gumanitar inqirozni keltirib chiqargan.

BMT Taraqqiyot dasturi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab zo‘ravonliklar yiliga 377 mingdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda. 

Hujjatda keltirilishicha, urushlar oqibatida mamlakat ichi bo‘ylab ko‘chirilgan 4 mln aholining 1,1 millioniga Jahon oziq-ovqat dasturi tomonidan yordam berilgan.  

Dasturning ogohlantirishicha, 2021 yil sentyabr oyidan Yamanning 16 mln aholisiga qaqshatqich ocharchilik soya sola boshlagan. 

2022 yil yanvardan boshlab 8 mln aholi qisqartirilgan ratsionda oziq-ovqat yordami ola boshlaydi. Yana 5 mln yamanlik esa qaqshatqich ocharchilikda kun kechirishga majbo‘r bo‘ladi. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Yaman bo‘ylab besh yoshgacha bo‘lgan 2,3 millionga yaqin bola to‘yib ovqatlanmaslikdan jiddiy aziyat chekmoqda. Kelgusi oylarda esa ularning soni yana 400 000 nafarga ortishi kutilmoqda.

"Yamanda JOOD oziq-ovqat zaxiralari xavfli darajada kamaymoqda", deydi, tashkilotning mintaqaviy direktori Korin Fleysher o‘z bayonotida. Unga ko‘ra, Yamandagi eng zaif qatlamlarga may oyigacha yordam berishni davom ettirish uchun 813 million dollar va ocharchilik yoqasidagi oilalarga oziq-ovqat yetkazib berishni davom ettirish uchun 2022 yilda 1,97 milliard dollar kerak bo‘ladi.

Hukumat va quporuvchi guruhlar o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar oqibatida 2014 yilda hukumat a’zolari mamlakat poytaxti Sanoni tashlab qochishga majbur bo‘lgan. Hukumat esa Hutiy isyonchilar guruhi tomonidan egallab olingan. 2015 yilda Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlovi ostidagi hukumat tarafdori bo‘lgan kaolitsion guruh va Hudiylar o‘rtasida qonli to‘qnashuvlar boshlangan. 

So‘nggi oylarda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklar ortidan hukumat nazorati ostida bo‘lgan yirik tayanch hudud Marib ham Hutilar qo‘liga o‘tgan. Hujumlar xavfi oqibatida, mamlakat shimolidagi ushbu hududdan, yana o‘n minglab aholi ko‘chishga majbur bo‘lgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing