Yakkasaroydagi yong‘in nimadan boshlangani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
09 avgust 2022
9383Xabaringiz bor, bugun, 9 avgust kuni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi binoning tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlanganini ma’lum qildi.
Avvaliga ushbu yangi qurilayotgan bino bog‘cha ekani aytildi, biroq Yakkasaroy tumani hokimi Anvar Sayfutdinov holat yuzasidan QALAMPIR.UZ'ga bergan izohida aslida ushbu ob’ektda xalqaro universitetning filiali ochilishini ma’lum qildi.
“Ushbu ob’ekt “Koztex” korxonasiga tegishli xususiy mulk. Bu yerda xalqaro universitetning filialini ochish uchun qayta ta’mirlash ishlari olib borilyapti. Shu yerda ishlayotganlardan birining noto‘g‘ri xatti-harakati, ya’ni payvandlash vaqtida uchqun chiqqani tufayli yong‘in sodir bo‘lgan.
Hozir bu yerda prokuratura organlari, yong‘in xavfsizligi mutaxassislar kelishgan. Ular o‘zining xulosasini aytadi”, deydi hokim.
Anvar Sayfutdinovning so‘zlariga ko‘ra, bu yerdan to‘rt yil avval bog‘cha qurilgan, biroq hozirda ushbu bino Singapur xalqaro universiteti filialini ochish topshirilgan.
Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligi ham yong‘in sodir bo‘lgan bino bog‘cha emasligini ma’lum qildi.
“Yakkasaroy tumanida joylashgan yongan bino xususiy sektorga tegishli bo‘lib, yangi barpo bo‘layotgan bino aslida bolalar bog‘chasi bo‘lishi ko‘zda ham tutilmagan”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi