Yakkasaroyda kam ta’minlangan 30 oilaga yangi uylar topshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bugun, 14 aprel kuni Yakkarsaroy tumanida bo‘lib, aholining nogiron, boquvchisini yo‘qotgan va uy-joyga muhtoj qatlami vakillarining 30 nafariga yangi uylarning kalitlarini topshirdilar.

Aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, xususan, ehtiyojmand oilalarning uy-joy bilan bog‘liq sharoitlarini yaxshilash maqsadida, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida qurilgan zamonaviy tipdagi uy-joylar egalariga topshirilmoqda. Jumladan, tumandagi Shota Rustaveli ko‘chasi 142- va 142-a uylari oralig‘ida 2 ta 4 qavatlik, jami 30 ta xonadonga mo‘ljallangan zamonaviy uy-joylar qurilib, egalariga topshirildi.

Uylar bilan bir vaqtda tashqi muhandislik tizimlari - gaz, elektr, kanalizatsiya va ichimlik suvi tarmoqlari to‘liq bitkazilgan. Uylar oldida bolalar maydonchalari tashkil etilib, hududda obodonlashtirish va zamonaviy yo‘lakchalar barpo etish ishlari olib borilgan.

Bundan tashqari, uylarning kiraverishadi 8 ta, quyosh energiyasidan quvvat oladigan, kechki payt yonadigan zamonaviy elektr moslamalari o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Sergeli tumanida 166 ta boquvchisini yo‘qotgan va uy-joyga muhtoj oilalarga yangi uylarning kalitlari topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing