Yakkasaroyda bog‘chaga qo‘shilib maktab ham yondimi? XTBB javob berdi 

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan bog‘cha binosida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Biroq ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi sahifalarda yong‘in qurilish maydoni yaqinida joylashgan 144-sonli umumta’lim maktabida bo‘lganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi izoh berib, maktabga hech qanday zarar yetmaganini ma’lum qilgan. 

Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘lgan yangi inshoot 144-sonli umumta’lim maktabining yonida joylashgan.

Eslatib o‘tamiz,  bugun, 9 avgust kuni soat 12:24 da Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 4 qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lganligi bo‘yicha shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra  4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:30 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat  12:43 da qurshab olingan va soat 12:50 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning tomi ichki qoplamasiga sintepon bilan ishlov berilgan qismining taxminan 900 kv.m. maydoni yonib zararlangan. 
  
Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing